Jahongir Ortiqxoʻjayev Qozogʻiston elchisini qabul qildi

16:24 24 Avgust 2019 Jamiyat
183 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Qozogʻiston elchisi Darxon Satibaldini qabul qildi. Bu haqda shahar hokimligi mktbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlash joiz, oʻzbek va qozoq xalqi azaldan doʻst, qoʻshni va qardosh boʻlib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik yil sayin mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston va Qozogʻistonning ishlab chiqarish, sanoat kooperatsiyasi va savdo sohasidagi hamkorlik koʻlami kengayib bormoqda. Uchrashuv tomonlar oʻzaro hamkorlikning bugungi holatini muhokama qilar ekanlar, oʻtgan yili mamlakatlarimiz oʻrtasida tovar aylanmasi taxminan 50 foizga oʻsib, 3 milliard dollarni tashkil qilgani, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi tobora oʻsayotganligini qayd etib, 2020-yilda esa bu koʻrsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish rejasi borligini taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok yetgan “TS Development” asoschisi va raisi Serik Tulbasov qurilish, xizmat koʻrsatish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Xususan, u poytaxtda zamonaviy kinoteatrlar qurilishi Toshkentning sayyohlik salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi, deya fikr bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?