Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahri meri bilan uchrashdi

11:10 17 Dekabr 2019 Siyosat
226 0

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Toshkent shahrining hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahrida shahar meri Takashi Kavamura bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda janob T. Kavamura Oʻzbekistondagi samimiy va doʻstona qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Toshkent bilan turli sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni olib borishdan mamnunligini aytib oʻtdi.

Taʼkidlash joiz, mazkur tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Xususan, Toshkent va Nagoya oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ikki shahar oʻrtasidagi munosabatlarning keyingi bosqichida shahar qurilishi, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, ilmiy-texnika va sogʻliqni saqlash sohasidagi keng koʻlamli loyihalarni birgalikda amalga oshirilishi ham koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?