Jahon qarzi yil oxiriga kelib rekord darajadagi 277 trillion dollarni tashkil etadi – XMI

14:19 21 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
232 0

Yangi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan dunyo qarzlari hajmi yil oxiriga qadar rekord darajadagi 277 trillion AQSH dollarga yetadi.

Bu haqda Vashingtondagi Xalqaro moliya instituti (XMI) maʼlum qilmoqda.

Jahon xususiy bank va moliya biznesining asosiy lobbistik tashkiloti mutaxassislarining fikriga koʻra, pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari oʻtgan yil oxiridan buyon global qarzning 15 trillion dollarga koʻpayishiga sabab boʻlgan.

“Pandemiya bilan kurashish boʻyicha moliyaviy choralar qoʻllanilishi davom etar ekan, 2020-yil oxiriga kelib global qarz 277 trillion dollarga (YAIMning 365 foiziga teng) yetadi”, - deyiladi mutaxassislar taxminida.

Shuningdek, qayd etilishicha, dunyodagi moliya sektoridan tashqaridagi qarzdorlik darajasi joriy yilda 2019-yildagi 194 trln dollarga nisbatan 210 trillion dollarni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?