Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etishdi

11:39 22 May 2019 Sport
444 0

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorlikda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan Uchtepa tumanida joylashgan Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtalim maktabida sport aksiyasi oʻtkazildi.

Tadbirning birinchi qismida maktabning 300 nafar oʻquvchisi ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJK harbiy xizmatchilari Muzaffar Yusupov va Bahodir Jalolovlar, Oʻzbekiston boks federatsiyasi sportchilari Shahram Gʻiyasov va Murodjon Axmadaliyevlar bilan brifing tashkil qilindi. Brifingda oʻquvchilar bugungi kunda boksda professional faoliyatini olib borayotgan charm qoʻlqop ustalarining muvaffaqiyatga erishish sirlari, sportchining kun tartibi – taym menejmentga amal qilishi, kunlik mashqlari, ring psixologiyasi, katta sportda adolatsizlik va magʻlubiyat, inson irodasi hamda taktik harakatlarda aqlning kuchi, 2016 yil Olimpiada, Jahon chempionatidagi uchrashuvlar va Oʻzbek taygers faoliyati haqidagi oʻzini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shu bilan birga brifing yakunida Institut rahbariyati sportchilarni yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sportga keng jalb qilish hamda Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, yengil atletika sport turi boʻyicha maktab musobaqasida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga chempionlarimiz tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa, maktabda “Qoʻl jangi”, “Kik boks”, “Karate”, “Tekvando”, “Kurash” sport toʻgaraklariga boradigan oʻquvchilarga “Boks” va “Dzyudo” seksiyalarida mahorat darslarida bokschilarimiz olib borildi. Bundan esa maqsad sportning olimpiya turlarini targʻib qilishdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?