Jahon chempioniga yangi xonadon sovgʻa qilindi

16:34 04 Oktyabr 2019 Sport
138 0

Joriy yilning 6-22-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari oʻrtasida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani muhim voqea boʻldi.

Oʻzbekiston terma jamoasi safidan Fargʻona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan Mirazizbek Mirzaxalilovning ham joy olgani bugun barcha fargʻonaliklarni behad quvontirdi. Chempionatning 57 kg vazn toifasida ringga koʻtarilgan Mirazizbek Mirzaxalilov final uchrashuvida uch karra jahon chempioni va Olimpiada oʻyinlari sovrindori kubalik raqibini magʻlub etib, jahon chempioniga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27-sentyabrdagi farmoni bilan Mirazizbek Mirzaxalilov ham “Oʻzbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlandi.

Jahon chempioniga Fargʻona viloyat hokimligi tomonidan Fargʻona shahar markazidagi yangi bunyod etilgan koʻp qavatli uydan barcha sharoitlarga ega xonadonning kaliti topshirildi.

Elyorbek Ehsonov
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?