Jahon chempioni Bahodir Jalolov Surxondar viloyati hokimi tomonidan 200 million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi

13:51 03 Oktyabr 2019 Sport
290 0

Termizdagi Yoshlar markazida shu yilning 9-21-sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatining “Eng yaxshi sportchisi” deb topilgan Bahodir Jalolov Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov tomonidan 200 million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Xabaringiz bor, yigirmanchi marta oʻtkazilgan boks musobaqasida dunyoning 78 mamlakatidan 400ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Mazkur jahon chempionatida +91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov raqibi Kuanish Koʻnkabayevni magʻlub etib, Oʻzbekiston delegatsiyasiga uchinchi oltin medalni olib keldi.

Viloyatdagi taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida Surxonning alp oʻgʻloni, boks boʻyicha jahon chempioni Bahodir Jalolov bilan turli uchrashuvlar uyushtirilmoqda.

Ilhom Rahmatov(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?