Jahon chempionatining 3-o‘rin uchun o‘yini osiyolik hakamga ishonib topshirildi

11:05 13 Iyul 2018 Sport
469 0
Foto: Getty Images

Eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi hakamlar brigadasi futbol bo‘yicha jahon chempionatining Belgiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi 3-o‘rin uchun uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda FIFA rasmiy tvitterida ma’lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 14 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00da boshlanadi.

Qayd qilinishicha, Fag‘oniyga qanotlarda vatandoshlari Rizo Suhandon va Muhammadrizo Mansuriy yordam beradi. To‘rtinchi hakam — senegallik Malang Didxiu.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?