Jahon chempionatida sensatsion natijalarni qayd etgan ogʻir atletikachilarimiz munosib kutib olindi

13:51 18 Mart 2019 Sport
212 0

Xabaringiz bor, joriy yilning 8-15 mart kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar bir qator tarixiy natijalarni qayd etishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jami 16 ta medal (8 ta oltin, 6 ta kumush, va 2 ta bronza) jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.

Bugun, 18 mart kuni ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. AQSHdan yorugʻ yuz bilan qaytgan vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionatida Nigora Abdullayeva hamda Kumushxon Fayzullayeva uchtadan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Tursunoy Jabborova bitta oltin va ikkita kumush medal bilan mukofotlandi.

Oʻz vazn toifasida ikkita jahon rekordini oʻrnatgan oʻzbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva turnirning eng yaxshi atleti deb topilgan boʻlsa, jami 7 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor boʻlgan oʻzbek qizlari umumjamoa hisobida 100 ga yaqin mamlakat vakillari orasida eng natijani qayd etishdi.

Ushbu bahslar oʻzbek yigitlari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Asadbek Narimonov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Asadbek Narimanov ikkita kumush hamda Mirhosil Mirzabayev 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?