Jahon chempionatida ishtirok etuvchi oʻzbekistonlik yengil atletikachilar tarkibi maʼlum

12:01 05 Sentyabr 2019 Sport
93 0

27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Jahonning 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadigan mazkur musobaqaga Oʻzbekiston terma jamoasi ham oʻzining asosiy tarkib sportchilari bilan tashrif buyuradi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqani hamyurtlarimiz orasida balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova saralash bosqichidan boshlab berishadi. Shuningdek, Ruslan Qurbonov uch xatlab sakrash, Sitora Hamidova va Andrey Petrov marafon, Yekaterina Voronina koʻpkurash yoʻnalishida bahs olib boradi.

Joriy yilning aprel oyida aynan mazkur jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan arenada oʻtgan qitʼa birinchiligida bira toʻla uch nafar vakilimiz: Nadiya Dusanova, Yekaterina Voronina hamda Ruslan Qurbonov oltin medal birga JCH yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?