Jahon chempionatida dastlabki qizil kartochka ko‘rsatildi

17:13 19 Iyun 2018 Sport
951 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining oltinchi kuniga kelib musobaqadagi ilk qizil kartochka ko‘rsatildi.

N guruhidan o‘rin olgan 1-turning Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 4-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Karlos Sanches darvoza tomon borayotgan to‘pni qo‘li yordamida qaytarib qolgani uchun bosh hakam Damir Skomina tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

O‘sha vaziyatda belgilangan penaltini Sindzi Kagava aniq amalga oshirib hisobni ochdi — 0:1. Uchrashuvning birinchi bo‘limi davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019