Jahon bozorida oltin narxi keskin oshadimi?

12:17 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
138 0

Jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi. Bunga sabab u oxirgi 100-yilda ilk bor erkin suzishga qoʻyib yuborildi. Ekspert Maksim Rubchenko shu haqida fikr bildirgan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Gap shundaki, shu vaqtga qadar Angliya boshchiligidagi Yevropaning beshta yirik banki vakillari oʻzaro kelishilgan holda dunyo bozorida oltin sotish hajmi va narxini belgilar edi. Mazkur tashkilot London oltin fiksingi(The London Gold Market Fixing Limited (LGMFL) deb yuritiladi.

1919-yilning 12-sentyabrida tashkil qilingan ushbu klubga Angliya banki rahbariyati, yaʼni Rotshildlar oilasi boshchilik qilardi. Ayni chogʻda klubga Barclays, HSBC, Deustsche Bank, Scotiabank va Societe Generale banklari mutasaddilari ham LGMFL ʻga aʼzodir.

Rubenko oʻtgan 100-yil davomida ushbu “oltin klubi” bir necha bor oʻz manfaati yoʻli oltin narxini oshirish va kamaytirish bilan shugʻullanib kelganini qayd etar ekan, shlardan eng koʻzga koʻrinarli bir necha holatni keltirib oʻtadi:

1971-yildan AQSH dollarni oltin bilan taʼminlashdan voz kechganidan soʻng, tillaning narxi 35 barobar oʻsdi: 1 troy unsiyasi 35 dollardan (1971-yilda) 850 dollargacha (1980-yilda) koʻtarilib ketdi.

Biroq oʻsha paytlarda sobiq ittifoq daromadlarini kamaytirish kerak boʻlganda, uning asosiy eksport tovarlaridan biri boʻlgan oltinning narxi, hech qanday sababsiz 1 yil ichida (1982) unsiyasiga 300 dollargacha tushib ketgan".

Manbaga koʻra, 2014 va 2015-yillarga kelib “London oltin klubi”ning harakatlarida tobora koʻproq shubha paydo boʻlib, Germaniya va Kanadada bir necha sarmoyador hamda banklar “Oltin klubi” faoliyatini tekshirish uchun ularni sudga beradi. Daʼvogarlar “Oltin klubi”ni oltin narxini koʻtarish, tushirish, barqarorlashtirish yoki boshqa oʻzgarishlarni sunʼiy ravishda amalga oshirishda ayblaydilar.

1999-yilda Yevropada yangi kiritilayotgan valyuta – yevroni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Angliya banki bilan oltin savdosini cheklash haqida shartnoma imzolashadi. Ushbu shartnoma har besh yilda uzaytirib kelinayotgan edi. Xususan 2004, 2009 va 2014-yillarda. Lekin bu yil Yevropa markaziy banki shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

“Oʻtgan davr mobaynida vaziyat jiddiy oʻzgardi – yevroning likvidligi oshdi, sarmoyadorlar ham koʻpaydi va shu bilan birga dollar narxi ham besh baravar oshdi, 260 dollardan – 1420 dollargacha”, - deb vaziyatga izoh berdi Yevropa banki.

Dunyoning oltin bozori ilk bor mutlaq erkin suzishga chiqdi, endi dollar narxi keskin oshadi. Yaqin vaqt ichida birja narxi 2000 dollardan oshishi mumkin, deb hisoblaydi Citibank va boshqa yirik moliya tashkilotlari eksperti.

Uoll-stritlik tahlilchi,Gluskin Sheff and Associates investitsiya kompaniyasi bosh iqtisodchisi Devid Rozenberg esa “Men oltinni 3000 dollardan koʻrsam ham hayron boʻlmayman”, - degan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?