Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirmaydi

11:34 22 Iyun 2018 Dunyo
472 0
Foto: PUBLIKA.MD

Mazkur bank buning o‘rniga Nurek GESi rekonstruksiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Xabarga ko‘ra, Tojikiston Rog‘un GESi qurilishi uchun Jahon banki (JB) mablag‘larini olmaydi.

Ma’lumot uchun, ushbu davlat o‘tgan yili qiymati 3,9 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur yirik loyiha uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida ilk bor 500 million dollarlik yevroobligatsiyalarni chiqargan edi. Lekin o‘shanda ham kelgusidagi moliyalashtirish uchun resurslar qayerdan kelishi noma’lum edi.

O‘z navbatida, JBning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller ham Dushanbe shahrida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konferensiyada bank boshqa yirik gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilishga e’tibor qaratayotganini bildirib o‘tdi.

“Rog‘unni moliyalashtirmasligimizning sababi shundaki, hukumatda Rog‘un bilan ishlash bo‘yicha qator variantlar bor edi va ular... ushbu jarayonni tezlashtirishni istashdi va Jahon banki energetika sektoridagi boshqa investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni foydali deb topdi”, - dedi u.

Ma’lum qilinishicha, hukumat va mazkur moliya muassasasi Nurek elektrostansiyasini rekonstruksiyalashni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishgan.

“Va bu bizning mazkur bosqichda energetika tarmog‘iga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi”, deya qayd etdi Myuller.

O‘z navbatida, Tojikiston Rog‘un GESi bunyod etilishi yo‘lida yana obligatsiyalar chiqarmoqchi.

Ayni chog‘da Myuller Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi elektr energiyasi eksporti uchun yaxshi istiqbollar ochishini e’tirof etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?