Jahon banki Rogʻun GESi loyihasini moliyalashtirmasligi mumkin

10:17 29 Iyul 2019 Iqtisodiyot
413 0

Xalqaro moliya tashkilotlari, xususan, Jahon banki Rogʻun GESini qurish boʻyicha loyihani moliyalashtirmasligi mumkin. Bu haqda Tojikiston Milliy banki maʼlum qildi.

Ushbu moliya muassasasi bundan oldin qator xalqaro moliya tashkilotlarini mazkur loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishga chaqirgandi.

MB raisi oʻrinbosari Jamoliddin Nuraliyev buni xalqaro moliyaviy tashkilotlar koʻpincha loyihalarni “nol”dan moliyalashtirishi, Rogʻun GESi esa deyarli oʻzining yakuniy bosqichida turgani bilan izohladi.

Ayni paytda Tojikiston Rogʻun GESini qurish uchun asosan oʻz mablagʻlarini ishlatyapti. Qoʻshni davlat moliya vazirligi maʼlumotiga qaraganda, buning uchun 2019-yilda mamlakat byudjetidan 222 million AQSH dollari atrofida pul ajratilgan.

Hozirgi paytda gidroelektr stansiyasida 6 ta agregatdan 2 tasi oʻrnatilgan. Ular suv toʻldirilganidan soʻng ishga tushadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?