Jahon banki Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun 500 mln dollar mablagʻ ajratadi

23:02 11 Avgust 2020 Iqtisodiyot
361 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yoʻnalishlari, mablagʻdan foydalanish sxemasi va tartibi belgilab berildi.

6 yilga (2020–2026-yillar) moʻljallangan ushbu loyihaga Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar asosida mablagʻlar ajratilmoqda:

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln AQSH dollari miqdorida qarz;

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit;

5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.

Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQSH dollariga teng, ulardan Oʻzbekiston ulushi – 159,3 mln AQSH dollarini, shu jumladan:

soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush – 124,3 mln AQSH dollarini;

loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi esa 35 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?