Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar kredit ajratilayotganini tasdiqladi

11:46 03 Iyul 2018 Iqtisodiyot
261 0

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 500 million dollar kredit ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Unda qayd qilinishicha, Taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi (Development Policy Operation) hukumatga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda ko‘mak beradi.

“DPO 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” maqsadlariga ko‘maklashadi va bunda uchta ustuvor yo‘nalishga e’tibor qaratadi: 1) barqaror iqtisodiy o‘sish va barqarorlik uchun zamin yaratish; 2) xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun bozorlarni rivojlantirish; 3) mumkin bo‘lgan salbiy iqtisodiy islohotlarni yumshatish uchun himoyaga muhtoj qatlamni ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish», deyiladi bank bayonotida.

Shuningdek, bunga qo‘shimcha ravishda Jahon banki O‘zbekistonda umumiy summasi 2,8 milliard dollardan oshiq bo‘lgan 17 ta loyiha amalga oshirilishida ko‘mak bermoqda. Ular qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shahar taraqqiyoti, suv ta’minoti va sanitariya sohalari rivojiga hissa qo‘shib, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligiga olib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?