Jahon banki Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratdi

04:08 01 May 2020 Iqtisodiyot
7254 0

Jahon banki direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratishni maʼqulladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov oʻzining Tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.
 

“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan samarali iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni eʼtirof etish va qoʻllab-quvvatlash sifatida bugun Jahon bankining direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratishni maʼqulladi“ — deb yozdi u.
Vazirning taʼkidlashicha, ushbu mablagʻlar sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi“ .

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?