Jahon banki Oʻzbekistonda 1 milliard dollarlik 8 ta qoʻshimcha loyihani amalga oshiradi

16:16 29 Avgust 2018 Iqtisodiyot
312 0

Bu haqida Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim tomonidan davlatimiz rahbariga yoʻllangan minnatdorlik maktubida taʼkidlab oʻtilgan.

Unda jumladan shunday deyiladi:

“Jahon banki guruhi ekspertlari Oʻzbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan energetika tarmogʻini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar boʻyicha koʻmaklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda.

Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qoʻshimcha loyiha tayyorlanmoqda. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini qoʻllab-quvvatlashni ham oʻz ichiga oladi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?