Jahon banki ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish ishlariga 100 million dollar miqdorida mablagʻ ajratadi

17:11 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
81 0

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo moliya, raqobatbardoshlik va innovatsiyalar boʻyicha global amaliyoti rahbari Marializa Motta boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston ilm-fanini tijoratlashtirish loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha 3 komponentdan iborat. 1-komponent 5 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlib, Loyihani boshqarish guruhini yaratish va qoʻllab quvvatlash hamda Tanlov boʻyicha xalqaro kengashni tashkil etishga qaratilgan.

30 mln. AQSH dollari miqdoridagi 2-komponent Oʻzbekistondagi ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlanmalarni yanada barqaror va zamonaviy darajaga koʻtarishga, ilm-fan natijalaridan olinadigan foydaning oʻsishiga va raqobatbardoshligining oshishiga xizmat qiladi.

Loyihaning 3-komponentiga esa 15 mln. AQSH dollari ajratilgan boʻlib, bu mablagʻlar texnologiyalarni joriy etish, ilmiy konsepsiyalar yaratish, prototiplash, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari va tijoratlashtirish maqsadlariga sarflanishi koʻzda tutilgan.

Tomonlar loyihaning keyingi bosqichini oktyabr oyida muhokama qilishga kelishdilar. Jahon banki vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Loyihani boshqarish guruhi faoliyati uchun 100 million AQSH dollari mablagʻi olishi mumkinligini qayd etdilar.

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?