Zelenskiyning oʻzbekistonlik qiyofadoshini Ukrainaga taklif qilishdi

14:57 27 Noyabr 2019 Dunyo
507 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning oʻzbekistonlik qiyofadoshi, ayni paytda Moskvada istiqomat qilayotgan Umid Isaboyev “Kvartal-95” mualliflik ukrain shousiga taklif qilindi.

Aslida avtomobillarni boʻyash bilan shugʻullanadigan Umid Isaboyev Mash manbasiga bergan intervyusida u bilan shou rahbari Yevgeniy Koshevoyning shaxsan oʻzi bogʻlanganini aytib oʻtgan. Sahnadan ketgan Zelenskiyning sobiq hamkasbi hamyurtimizga Ukraina televideniyesida koʻrsatuvni birgalikda olib borishni taklif qilgan.

- Menga videoqoʻngʻiroq qilishdi. Qarasam, Ukraina raqami. Maʼlum boʻlishicha, Yevgeniy Koshevoy telefon qilayotgan ekan. U menga kel, seni olib ketamiz, bizga qoʻshil, biz tomonlarga kel. Bilsam, “Kvartal-95”dan telefon qilishibdi. Birga ishlaymiz, deydi. Koshevoy bilan koʻrsatuvni birga olib borish, odamlarni kuldirish, - deydi Umid.

Isaboyev jurnalistlar bilan birinchi intervyusidan keyin tasvirga tushish boʻyicha koʻplab takliflar kelib tushayotganini bildirgan. Xususan, unga Rossiya serialida rol taklif etilgan. Bu borada shartnoma ham imzolanishi mumkin ekan. Ammo “Kvartal-95” taklifi inobatga olinsa uning oldida qiyin tanlov turibdi. Umidning oʻzi esa “Kvartal-95” shousida ishlashni istayotganini bildirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?