Zelenskiyning AQSHga tashrif sanasi aniq boʻldi

17:43 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
109 0

Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy sentyabr oyida AQSHga tashrif buyurishini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, tashrif sanasi 23-sentyabrga rejalashtirilgan. TIV rahbari Zelenskiy bilan birga borishini ham qoʻshimcha qilgan.

AQSHda ular Oq uy rahbari Donald Tramp va hukumat aʼzolari bilan uchrashishi kerak.

Ammo Pristayko Zelenskiy va Tramp uchrashuvi sanasiga aniqlik kiritmagan.

“Hozir biz koʻrib chiqayotgan turli sanalar bor”, - dedi u.

Bundan oldin AQSH kongressi Zelenskiyni doʻstlik boʻyicha mehmonga taklif etishni xohlagan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?