Zelenskiy Putinga telefon qildi. Suhbat mavzusi oshkor etildi

16:34 07 Avgust 2019 Dunyo
568 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Donbassda toʻrt nafar ukrain harbiylarining halok boʻlishini muhokama qilganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Putin va Zelenskiy oʻrtasidagi ilk bor suhbatning asosiy mavzusi maʼlum qilindi

Xabarda yozilishicha, Zelenskiy Rossiya yetakchisidan vaziyatga taʼsir koʻrsatishni iltimos qilgan.

“Men sizdan ular odamlarimizni oʻldirishni bas qilishlari uchun boshqa tarafga taʼsir koʻrsatishingizni oʻtinib soʻrayman”. – degan u.

Zelenskiyning fikriga koʻra, bunga oʻxshash hodisalar tinchlik boshlanishini tezlashtirmaydi.

Xabarda, shuningdek, Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Muzokaralarning maqsadi – zudlik bilan “normand formati” doirasida uchrashuv oʻtkazishga kelishib olish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?