Zarur mahsulotlarning narxlari qayerda qanday? “Maska”dan tortib goʻshtgacha

12:33 18 Avgust 2020 Jamiyat
617 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.

Quyida 17-avgust holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning eng qimmat va qimmat narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Tibbiy niqob — Andijon va Namangan viloyatida 1000 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.

Antiseptik gel — Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Toshkent viloyatida 10 ming soʻmgacha.

Mahalliy un birinchi navi — Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6500 soʻmni tashkil etmoqda.

Qolipli non — Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.

Makaron — Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 19 ming soʻm. 

Shakar — Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.

Oʻsimlik yogʻi — Namangan viloyatida 9 ming boʻlsa, Buxoroda 14 ming soʻm.

Xoʻjalik sovuni — Fargʻonada 1000 soʻm, Buxoroda 500 soʻm.

Tuxum — Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1100 soʻm.

Mol goʻshti — Qashqadaryo viloyatida 40 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.

Qoʻy goʻshti — oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 70 ming soʻmgacha.

Tovuq goʻshti — Andijon viloyatida 11 ming soʻm, Toshkent shahrida 24 ming soʻm.

Guruch — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahrida 14500 soʻmdan.

Kartoshka — Surxondaryo viloyatida 2 ming soʻm, Toshkent viloyatida 5000 soʻm.

Piyoz — Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyatida 2500 soʻm.

Sabzi — Surxondaryoda 800 soʻm, Toshkent shahrida 3 ming soʻmgacha.

Sarimsoq piyoz — Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 11 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 70 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?