Zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi

17:37 08 Avgust 2019 Jamiyat
141 0

Illyustrativ foto

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postining “Oqoltin” oʻtkazish punkti orqali Qozogʻistondan mamlakatimizga piyoda harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi A.S. bilan ogʻzaki savol-javob qilinganda, uning xatti-xarakatlaridan bojxona xodimlarida shubha uygʻondi. Natijada uning qoʻl sumkasi tekshirilganda, uning tag qismidagi astari ostiga yashirib qoʻyilgan ogʻirligi 395,96 gramm boʻlgan taxminan narxi 11 868 000 soʻmlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, ayni shu chegara bojxona posti orqali Qozogʻistondan yurtimiz tomon piyoda harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi D.Ye. kiyib olgan ichki kiyimiga yashirib olgan ogʻirligi 83,50 gramm boʻlgan taxminiy qiymati 20 875 000 soʻmlik ayollar zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?