Zarafshonda ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish maxsus taktik oʻquv mashgʻulotda koʻrikdan oʻtkazildi

14:36 29 Noyabr 2019 Jamiyat
525 0

Respublika IIVning koʻrsatmasiga asosan Navoiy viloyati IIB boshligʻining umumiy rahbarligida Milliy gvardiya Navoiy viloyati boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, Davlat Xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Harbiy qismlar hamda hokimiyat organlari hamkorligida“Boshqaruv organlari, harbiy qismlar va muassasalarni yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, hamkorlikdagi kuchga ega tuzilmalarning boʻlinmalari bilan birgalikda Zarafshon shahri xavfsizligini taʼminlash ” mavzusida maxsus taktik oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

- Oʻquv mashqi 3 bosqichda oʻtkazilib, dastlab oʻquv mashq qatnashchilarini yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, Zarafshon shahar hududida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish chora tadbirlari koʻrib chiqildi deydi, - viloyat IIB harbiy safarbarlik boʻlimi boshligʻi Shuhrat Rajabov. - Negaki, tezkorlik har qanday vaziyatni nazoratga olishning muhim omili hisoblanadi.

Shuningdek, oʻquv mashq davomida shartli jinoyatchilarni toʻsib ushlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish qurollangan jinoyatchilarni qoʻlga olish kabi vaziyatlarda ichki ishlar xodimlari hamda kuchga ega hamkorlikdagi tuzilmalarning favqulodda harakatlanish koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?