Zarafshonda xorijlik investorlar ishtirokida 100 ta ish oʻrni yaratiladi

15:01 25 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
688 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. TemurEshboyev/Navoiy. Xitoy, Turkiya va Eron ishbilarmon doira vakillari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida boʻlishib, hududning investitsion imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Xorijlik tadbirkorlar shahar hokimi Anvar Razzoqov bilan shaharda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllash va poyafzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mazkur muloqotda hamkorlar “Zarafshon sement stroy” MCHJrivoji uchun 200 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish taklifini bildirishdi. Ushbu loyiha yil yakuniga qadar amalga oshirilib, natijada 100ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?