Zangiotada 21 yoshli yigit bir odamni belkurak bilan urib, oʻldirib qoʻydi

12:58 02 Iyun 2020 Jamiyat
511 0

Toshkent viloyati. 2020-yilning 30-may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Boʻzsuv qoʻrgʻoni Madaniyat koʻchasida, 38 yoshli X.B. 21 yoshli B.N. bilan oʻzaro ogʻzaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib qoladi. Keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joyini koʻzdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon dogʻlariga oʻxshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-koʻk rangli qon dogʻlariga oʻxshash moddalar boʻlgan erkaklar futbolkasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?