Zamonaviy tikuv fabrikasi ish boshladi

13:53 31 Iyul 2020 Iqtisodiyot
157 0

Yurtimizda pandemiya davri boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjaligi sohasida, kasanachilik va boshqa bir qancha sohalarda ham ishsiz aholini bandligini taʼminlash yoʻlida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Payariq tumani Fidokor mahallasi hududida qurilgan “Samarqand baraka chevarlari” MCHJga qarashli tikuv-trikotaj majmuasida qurilish ishlari toʻliq tamomlanib, karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda oʻz faoliyatini boshladi.

Loyiha egalari xorijdan kelayotgan mahsulotlarga raqobatbardosh trikotaj kiyimlarini tayyorlashni maqsad qilgan holda, tikuv sexlarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozladilar.

Ochilish marosimida qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi doirasida, avvalo, aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp hududlar tanlab olinib, uzoq qishloq ayollarining bandligini taʼminlashga erishilmoqda.

Yangi fabrika 150 ish oʻrniga ega boʻlib, hozirda 81 nafar tikuvchilik kasbiga malakasiz xotin-qizlar tuman bandlikka koʻmaklashish va tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamkorligida Payariq tuman maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida tikuvchilik boʻyicha oʻqitildi va yangi sexda ish boshladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?