Zamonaviy texnologiya energiyani toʻrt-besh baravar kam sarflaydi

00:08 11 Fevral 2020 Iqtisodiyot
112 0

“Xalq so`zi ONLINE”

“Xalq soʻzi ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Buxoro tumanidagi “Gala-River” Oʻzbekiston — Qozogʻiston qoʻshma korxonasi “Dela Topla”(Italiya) kompaniyasining zamonaviy texnologik uskunalari bilan jihozlandi. Modernizatsiya ishlari uchun 1 million 100 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflandi.

— Bu texnologiyaning turdoshlariga qaraganda bir qator afzalliklari bor, — deydi uzumni qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur korxona bosh texnologi Oʻtkir Rahmatov. — Avtomatik tarzda ishlaydi. Elektr energiyasini toʻrt-besh baravar kam sarflaydi. Zanglamaydigan metaldan tayyorlangani ham uning ustun jihati sanaladi. Ish unumi yuqori.Ushbu asbob–uskunalar bir kunda 250-300 tonnagacha uzumni qayta ishlash quvvatiga ega.

Aytish joizki, modernizatsiya tadbirlari korxonaning eksport salohiyatini oshirmoqda. “Gala-River” 2019-yilda 2 million AQSH dollari miqdoridagi uzum shinnisini xorijlik buyurtmachilarga yetkazib berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?