Zamonamizning eng yaxshi bokschilari reytingi eʼlon qilindi

20:19 16 Iyun 2020 Sport
544 0

Arxiv surat

“The Ring” jurnali davrimizning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi bokschilari reytingini eʼlon qildi.

Unda birinchi pogʻonani hozirga qadar birorta ham jangda yutqazmagan britaniyalik 31 yoshli Tayson Fyuri egalladi. Reytingda ikkinchi oʻrinda uning hamyurti Dillian Uayt qayd etildi. Uchinchi pogʻonadan esa amerikalik bokschi Deontey Uaylder joy oldi.

Reytingda kuchli oʻnlikka, shuningdek, kubalik Lui Ortis, amerikalik Endi Ruis, rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin, Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker, amerikalik Maykl Xanter, kolumbiyalik Oskar Rivas va bolgariyalik Kristian Pulev kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?