Zayd Raad al-HUSAYN: O‘zbekistondagi sa’y-harakatlardan xushnudmiz

17:25 11 Aprel 2018 Siyosat
533 0
Foto: sputniknews-uz.com

Mamlakatingizga 2017 yilning may oyida tashrifim chog‘ida o‘zim guvoh bo‘lganlarim, qolaversa, xodimlarimdan eshitayotganlarimni inobatga oladigan bo‘lsam, O‘zbekistonning sa’y-harakatlari barchamizni xursand qiladi va umid uyg‘otadi hamda sizlar to‘g‘ri yo‘lda rivojlanayotganingizni tasdiqlaydi.

Men O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil kuzida Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumini o‘tkazishga doir tashabbusini hamda mamlakatning 2021 — 2023 yillarda BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligiga ilgari surilganini qo‘llab-quvvatlayman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi inson huquqlarining barcha jabhasini qamrab olgani alohida e’tiborga molik. 

Unda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga oid belgilangan vazifalarni amalga oshirishda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ishtirok etishi, ya’ni xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishimiz, maslahat-ko‘mak ko‘rsatishimiz mumkin.
Biz bundan keyin ham O‘zbekiston bilan har tomonlama samarali hamkorlikka tayyormiz.

Zayd Raad al-HUSAYN,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha 
Oliy komissari.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?