Yurtimizning 6 hududida 534 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

16:43 02 Avgust 2020 Jamiyat
336 0

Bugun ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 534 nafari sogʻaydi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Jumladan, bemorlarning 320 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida hamda 9 nafari Fargʻona viloyatida kasallikdan forigʻ boʻldi.

Shunday qilib, yurtimizda 15 833 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sogʻayish koʻrsatkichi 62 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?