Yurtimizda koronavirusdan sogʻayganlar soni 64 ming nafardan oshdi

18:00 31 Oktyabr 2020 Jamiyat
329 0

2020-yil 31-oktyabr soat 18:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 883 (+82) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 82 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar,

Andijon viloyatida 10 nafar,

Jizzax viloyatida 11 nafar,

Buxoro viloyatida 20 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,

Navoiy viloyatida 3 nafar,

Namangan viloyatida 8 nafar,

Samarqand viloyatida 7 nafar,

Sirdaryo viloyatida 17 nafar,

Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 64 124 (+146) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 193 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?