Yurtimizda ilk marotaba moliya muassasasi ishtirokida “Investorlar kuni” oʻtkazildi

18:47 26 Aprel 2019 Iqtisodiyot
488 0

“Oʻzsanaotqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Freedom Finance” investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda “Investorlar kuni” onlayn anjumani tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitoriysi, “Freedom Finance” investitsiya kompaniyasi hamda xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bankning joriy yil birinchi chorak yakunlari boʻyicha moliyaviy natijalariga bagʻishlangan taqdimotda qayd etilganidek,shu davr ichida uning moliyaviy koʻrsatkichlari, yaʼni aktivlari va kapitali rentabelligida xalqaro talablarga mos oʻsishlar kuzatilgan.

Bundan tashqari, bank ayni paytda 17 xalqaro moliya instituti hamda rivojlangan 22 mamlakatning eksport-kredit agentliklari bilan izchil hamkorlik oʻrnatgan. Xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi menejment tizimi joriy etilgan.Qolaversa, bank respublikamiz fond bozorining ham faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, “Freedom Finance” kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi sarmoyaviy brokeri sanaladi. Shundan kelib chiqib, u yurtimizda brokerlik, ishonchli boshqaruv, oʻqitish va tahlil qilish xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.

Bu hamkorlik respublikamizga jalb etiladigan investitsiyalar faolligini oshirish, banklarimizning xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?