Yurt tumori — To‘maris

17:44 11 May 2018 Madaniyat
585 0

Jasorati, mardligi, oqilaligi bilan millatimizning g‘ururi va iftixoriga aylangan To‘marisning qahramonligi yillar, asrlar o‘tsa-da, vatanparvarlik, jasorat va sadoqat timsoli bo‘lib qolaveradi. Poytaxtimizdagi O‘zbek Davlat qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilib muxlislar hukmiga havola etilgan “Yurt tumori — Tumaris” asarini tomosha qilsangiz, bunga yana bir bor ishonch hosil qilasiz. 

Dramaturg To‘ra Mirzo asari asosida sahnalashtirilgan mazkur sahna asarida To‘maris jasorati orqali yurtparvarlik, burchga sadoqat singari xislatlar tarannum etiladi. Asar namoyishi davomida insoniy fazilatlardan yiroq, razil, sotqin, o‘zgalar ortidan ish ko‘ruvchi xoin kishilardan nafratlansak, murakkab davrda yurt kelajagi va ravnaqi yo‘lida mardonavor kurashgan va matonat timsoliga aylangan ona To‘maris qalblarimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. 

Asar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh. Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan.

M. XOLMATOVA.

Suratlarda ”To‘maris”  spektaklidan lavhalar aks ettirilgan.
 Hakimjon YO‘LDOShEV olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?