Yuridik universitetga kirish uchun imtihon fanlari oʻzgarishi kutilmoqda

10:57 25 Yanvar 2019 Jamiyat
2290 0

Foto: "Xalq so'zi"

Joriy yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasi oʻzgarishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent davlat yuridik universitetining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

Unga koʻra, fanlar ketma-ketligi quyidagicha boʻladi (har bir toʻgʻri javob uchun):

Ona tili va adabiyoti – 3,1 ball;
Chet tili – 2,1 ball;
Tarix – 1,1 ball.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, hozirda ushbu qaror rasman tasdiqlanish arafasida va olingan maʼlumotlarga koʻra, kuchga kirish ehtimoli juda yuqori ekani aytilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?