Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma'lum bo‘ldi

15:59 12 Iyul 2020 Jamiyat
3562 0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi 14 ta yuridik texnikumlar uchun qabul ko‘rsatkichlari e'lon qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 2310 ta kvota, 1110 ta kvota sirtqi ta'lim shakliga mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.

O‘qish muddati – 2 yil. Yuridik texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?