Yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari koʻpaytirildi

12:33 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
858 0

Hukumatning 2018 yil 22 oktyabrdagi qarori bilan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga quyidagi faoliyat turlari qoʻshildi:

- koʻchmas savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, ish kuni tamom boʻlganidan keyin obyektni demontaj qilinishi va koʻchirilishini talab etuvchi obyektlarda);

- duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari boʻyicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish);

- metallni taʼmirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash);

- yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar);

- gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?