Yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirgan pochta operatsiyalari chuqur monitoring qilinadi

18:04 29 Avgust 2018 Jamiyat
381 0

Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Tasdiqlangan qoidalarga koʻra yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish ichki nazorat tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek pochta aloqasi operatorlari, provayderlari ichki nazorat tizimining tegishli tuzilmasini tashkil etishi lozim.

Ichki nazorat tizimi rahbari va masʼul xodimlari ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida pochta aloqasi xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Foydalanuvchining shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish foydalanuvchini tekshirish choralari hisoblanadi.

Bundan tashqari agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi eng kam ish haqi miqdorining 184 mln 300 ming soʻmdan oshadigan pul oʻtkazmalarini joʻnatsa yoki olsa operatsiya shubhali deb topiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?