Yunusobodda mansabdor shaxslar qariyb 9 mlrd. soʻm QQSni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelayotgani aniqlandi

17:14 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
88 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.T.” MCHJ mansabdor shaxslari 2019-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 mlrd. soʻmlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 mlrd. soʻmligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, 2019-yil 2-chorak yakuni boʻyicha hisobotlardan yashirib, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qariyb 9 mlrd. soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Vaholonki, korxona mansabdor shaxslariga, bir oy muddat ichida soliq toʻlovlarini byudjetga toʻlashi lozimligi tushuntirilib, 2019-yil 5-oktyabrda ogohlantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?