Yunusobod tumanida roʻy bergan YTHda 10 yoshli bola hayotdan koʻz yumdi

09:55 09 Avgust 2019 Jamiyat
263 0

Kecha soat 7:30 da 102 raqamiga Yunusobod tumanidagi Bogʻi shamol va Yangi shahar koʻchalari chorrahasida uchta avtomobillar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Unga koʻra, “Xunday” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Shoxruh T. svetoforning taqiqlovchi signaliga oʻtib ketib, 29 yoshli Botir S. boshqargan “Kobalt” va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan “Spark” avtomobillari bilan toʻqnashgan. YTH natijasida quyidagi fuqarolarga tan shikastlari yetgan: “Kobalt” rusumli avtomobil yoʻlovchilari 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek “Xunday” rusumli avtomobil yoʻlovchisi 10 yoshli I.Sh. YTHdan jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildilar. Ammo shifokorlarning sayʼ-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli I.Sh. hayotdan koʻz yumdi.

Hurmatli haydovchilar! Yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qiling! Sizning yoʻllardagi xulqingiz nafaqat oʻzingizning, balki yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarining hayoti va sogʻligʻiga ziyon yetishiga sabab boʻlishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?