Yunusobod tumani hokimi oʻz xizmat xonasida pora olish vaqtida qoʻlga olindi

10:26 11 Sentyabr 2018 Jamiyat
758 0
Illyustrativ foto

Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qoʻlga tushirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Abdusamatov yer uchastkalarini ajratish boʻyicha pora olayotgan boʻlgan. Tuman rahbari 7 sentyabr, juma kuni oʻz ishxonasida qoʻlga olingan.

Baxtiyor Abdusamatov (1976 yilda tugʻilgan, 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017 yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?