Yunusobod metro liniyasidagi ikkinchi yoʻlni burgʻilash ishlariga start berildi (fotojamlanma)

17:54 19 Iyul 2019 Iqtisodiyot
358 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Joriy yilning 18-iyul kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oraligʻidagi tunnelning navbatdagi qismida burgʻilash ishlari boshlandi.

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Barpo etilayotgan yangi yoʻlning umumiy uzunligi 2,93 kilometrdan iborat.

Loyiha “Toshkent Metroloyiha” MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra qurilish ishlari joriy yilda toʻla nihoyasiga yetkazilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu ishlar nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yoʻnalishiga yana ikkita bekat qoʻshiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari boʻlib, har ikkisi ham sharqona meʼmorchilik anʼanalari asosida barpo etilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?