UNICEF Termizda ijtimoiy loyihani amalga oshirdi

16:57 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
149 0

Termiz shahrida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida vaksinalarni saqlashga moʻljallangan yangi inshoot qurib bitkazildi. Inshootda xalqaro standartlarga mos zamonaviy sovitkich kameralar, havo haroratini koʻrsatib turuvchi va elektr energiyasini bir maromda saqlovchi maxsus qurilmalar oʻrnatildi.

Bu yerda bir paytning oʻzida 168 mingdan ortiq vaksinalarni sifatli saqlash imkoniyati yaratildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 163 ming AQSH dollari sarflandi.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatiga 13 xildagi vaksinalar olib kelinib, bolalar oʻrtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida muntazam ravishda emlash ishlari amalga oshirilyapti. Xususan, joriy yilning shu davrigacha 37 mingga yaqin bolalar turli kasalliklarga qarshi emlandi. Noyabr oyidan viloyatda 9 yoshli qizlarni bachadon boʻyi saratoni kasalligiga qarshi emlash ham yoʻlga qoʻyiladi. Bu aksiya mamlakatimizda ilk bora aynan Surxondaryodan start oladi.

Shuningdek, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga maxsus jihozlangan “Isuzu” rusumli mikroavtobustopshirildi. Bu esa viloyatning olis tumanlariga vaksinalarni sifatli yetkazib berish imkonini yaratadi.

Ilhom RAHMATOV (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?