YUNESKO talabalar uchun stipendiya dasturini eʼlon qildi

14:32 29 Mart 2020 Jamiyat
199 0

YUNESKO 2020-yil 5-30-oktyabr kunlari Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiya dasturini eʼlon qildi. Konferensiyada YUNESKOga aʼzo davlatlar va rivojlanayotgan davlatlar talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tadbir tili - ingliz tili.

Gʻoliblarga 450 AQSH dollari miqdorida stipendiya toʻlanadi, YUNESKO tomonidan yoʻl xarajatlari, tibbiy sugʻurta qoplanadi va boshqa imtiyozlar beriladi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan, ingliz tilini biladigan va 35 yoshdan katta boʻlmagan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning soʻnggi muddati – 2020-yil 3-aprel

Batafsil Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi telegram-kanalida - @uzbbenelux

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?