Yuksak natijalarga erishildi

23:21 12 Oktyabr 2019 Sport
957 0

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sportchi-yoshlari Jizzax shahrida yunon-rum, erkin va ayollar kurashi boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida hamda ogʻir atletika boʻyicha 2005-yilda tugʻilgan va undan kichik boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Xiva shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati musobaqalarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib qaytishdi.

Bellashuv yakunlariga koʻra, ogʻir atletikachilardan Doniyor Ermatov, Mirkomil Xoshimov, Nurbol Abdurashidov, AbrorbekMaʼrufbekov, Qudratbek Salimjonov, Imomiddin Rajapboyevlar oʻz vazn toifalarida birinchi oʻrinni egallashdi.

Yunon-rum kurashida esa, Ilyosjon Toʻlqin oʻgʻli, Aleksandr Nazarov, Abdulaziz Raxmanovlar sport shohsupasining birinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi.

Iftixorbek Oʻtbasarov, Javoxirbek Qahramonov, Abdulloh Ishonxoʻjayev, Abdunazir Qoʻchqoraliyevlar esa 2- va 3- oʻrinlar sohibi boʻlishdi.

Gʻolib sportchilar oltin medal, 1-,2-,3- darajali diplom bilan taqdirlanishdi.

Shodiyor Mutaharov,
(Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?