Yuksak maʼnaviyat va qadriyatlar uygʻunligi

18:29 10 Aprel 2019 Jamiyat
354 0

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganligining bir yilligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

— Faoliyatimizda xalqaro hamkorlik masalalari muhim ahamiyatga ega, — deydi akademiya rektori Shuhrat Yovqochev. — Ayni paytda dunyodagi yetakchi moliyaviy tashkilotlardan biri — Islom taraqqiyot banki, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti — ISESCO hamda YUNЕSKO, JAICA, KOIKA kabi tashkilotlar, Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlarning oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Bugungi kunda muassasada islom dini va madaniyati, milliy merosi, qadimiy anʼanalarini har tomonlama oʻrganish, ularga oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr etish, zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda, shuningdek,ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan benazir maʼnaviy, diniy namunalari saqlanadi va ushbu bebaho meros ustida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.Tadbirda yigʻilganlar taʼlim jarayoni, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Murodxon BURXONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?