Yuk mashinasi motam marosimida qatnashayotganlarni bosib ketdi. Qurbonlar koʻp

14:47 20 Noyabr 2020 Dunyo
336 0

Xitoyning Xenan provinsiyasida yuk mashinasi motam marosimida ishtirok etayotganlarni bosib ketgan. Oqibatda 9 kishi hayotdan koʻz yumdi, 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda XXR jamoatchilik xavfsizligi vazirligi transport boshqarmasi maʼlumotiga tayanib TASS xabar berdi.

Voqea Sinyan shahrida kecha roʻy bergan. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yuborilgan.

Hodisa joyida mahalliy huquq-tartibot organlari vakillari ish olib boryapti. Tergov jarayonlari boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?