Qoraqalpog‘istonda “Neksiya” yuk mashinasiga urilishi natijasida yo‘lovchi halok bo‘ldi

11:31 30 Iyun 2018 Jamiyat
375 0

28 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Beruniy tumanida yashovchi X.R. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu” yo‘lining 563-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan O.A. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasiga orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi S.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?