Surxondaryodagi mudhish avtohalokatda 7 kishi halok bo‘ldi

14:28 06 Iyul 2018 Jamiyat
409 0

5 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd qilindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Sho‘rchi tumanida yashovchi 58-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi M.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Darband-Boysun-Sho‘rchi-Elbayon” yo‘lining 55-km.da haydab ketayotib qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Oqkamar mahallasida yashovchi Y.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada ikkala“Neksiya” avtomashinasining haydovchilari va 1 nafar yo‘lovchi Sh.X.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, avtomashinalarda bo‘lgan qolgan 7 nafar yo‘lovchilar esa jarohat olib voqea joyida vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?