Tojikistonda ro‘y bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi

11:58 09 Iyul 2018 Jamiyat
265 0
Varzob darayosi. Foto: life.ansor.info

O‘tgan dam olish kunlari Tojikistonda ro‘y bergan yo‘l transporti hodisalari oqibatida yetti kishi, jumladan, bir nafar o‘zbekistonlik fuqaro hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Tojikiston IIV matbuot markazi xabar berdi. Xususan, yakshanba kuni O‘zbekiston fuqarosi, Samarqand viloyatida yashovchi 27 yoshli Hamdamqul Azimov o‘z shaxsiy avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, mashinasi bilan Varzob daryosiga qulab ketgan. Hozirda haydovchining jasadini qidirish ishlari davom etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?